Qirğizistondagi siyosiy inqiroz va beqaror vaziyat hali tin olgani yöq. Ayni vaqtda uşbu holat Prezident kursisini ham tebratmoqda. Kuzatuvçilarda esa bir savol tuğilmoqda: agar amaldagi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov öz lavozimidan isteʼfo bersa, davlatni kim boşqaradi, uning vakolatlari kimga ötadi?
Qirğiziston parlamenti vitse-spikeri Mirlan Bakirovning taʼkidlaşiça, agar davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga çiqsa, Qirğizistonning yangi boş vaziri Sadir Japarov prezident vazifasini bajaradi
"Prezident isteʼfoga çiqarilgan taqdirda, Konstitutsiyaga muvofiq, uning vazifalarini parlament spikeri bajarişi kerak edi, ammo u ham isteʼfoga çiqqani sababli vakolatlar Boş vazirga ötadi", deydi u.
Keça, 10 oktyabr kuni Qirğiziston parlamenti deputatlari Sadir Japarovni mamlakatning yangi Boş vaziri etib tasdiqlaşdi. U Prezident Jeenbekov bilan suhbatda bölganiga işontirdi. Uning sözlariga köra, Jeenbekov Japarov Boş vazir lavozimiga tasdiqlangaç, lavozimini tark etişga vaʼda bergan.
Parlament keça ötgan sessiyasida 6 oktyabr kuni "Bir böl" (Birlik) partiyasidan spikerlikka saylangan Miktibek Abdildayev isteʼfoga çiqdi va Bakirov raislikni boşladi.
Japarov nomzodi respublikada 5 oktyabrdan beri davom etayotgan tartibsizliklar va noroziliklar fonida ilgari surilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirğizistonda navbatdagi parlament saylovlari bölib ötdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bişkekda norozilik namoyişini boşladi. Keyinroq namoyiş tartibsizlikka aylanib ketdi.
Namoyişçilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylaşgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyişçilar qöliga ötgani maʼlum böldi.
Bundan taşqari, aktsiya iştirokçilari Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Şuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Boş vazir Sapar Isakov ham qamoqdan çiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bişkek şahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.
Prezident Sooronbay Jeenbekov yuz berayotgan tartibsizliklar böyiça bayonot berib, baʼzi siyosiy kuçlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravişda egallab olişga uringanini aytib ötdi.
Namoyişlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.
Hozirgaça Jöqorğu Keneş spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Boş vaziri Kubatbek Boronov isteʼfoga çiqdi.
Özbekiston qöşni Qirğizistonda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirib, jiddiy taşvişda ekanini bildirdi.









