Feruza Babaşevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Feruza Babaşevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi

Bugun, 3 dekabr kuni Xalq deputatlari Örta Çirçiq tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Sessiya deputatlarning taşabbusi bilan çaqirildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda bitta masala, tuman Kengaşining 30-“Uyşun” saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Babaşevaning deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatiş masalasi körib çiqildi.

Qayd etilişiça, sessiya işida xalq deputatlari tuman Kengaşi “Reglament va deputatlik odobi masalalari böyiça doimiy komissiya” raisi Dilorom Zulyorovaning axboroti eşitildi.

Komissiya raisining axboroti va deputatlarning qöşimça taklif, fikr-mulohazalarini inobatga olib, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan, Feruza Babaşevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatiş töğrisidagi qarorni sessiyada qatnaşgan 24 nafar deputatdan 23 nafari yoqlab ovoz berişgan.

Şu tariqa sessiya işida Feruza Babaşevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

×