Xabaringiz bor, Qirğiziston navbatdagi parlament saylovlaridan keyin tartibsizliklar avj oldi va hamon davom etyapti. Ammo mamlakat Prezidenti Sooronbay Jeenbekov vaziyat yuzasidan bugun, 6 oktyabr kun boşida bergan bayonotidan söng köriniş bermadi. Höş, Prezident qayerda?
Mamlakatda namoyişlar davom etayotgan bir vaqtda davlat rahbarining yöqolib qolişi “Jeenbekov Qirğizistonni tark etdi”, degan gap-sözlar tarqalişiga sabab böldi.
Darhaqiqat, mamlakatda Boş vazir, parlament spikeri isteʼfo berib, ularning örniga muxolifat vakillari tayinlansa, qamoqxonadagi siyosiy mahbuslar ozod qilinsa-yu Prezident körinmasa, har kim ham yuqoridagidek fikrga borişi turgan gap.
OAVda tarqalgan sönggi maʼlumotlarga köra, Jeenbekov mamlakatni tark etmagan. U poytaxt Bişkekda, deb xabar bermoqda “Interfaks” davlat rahbariga yaqin manbaga tayanib.
“Prezident yuz berayotgan voqealarni kuzatib boryapti. U kiriş yopilib qolgan davlat rahbari ofisida emas. U Bişkek janubidagi rezidentsiyasida. Jeenbekov mamlakat hududini tark etmagan”, degan manba.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirğizistonda navbatdagi parlament saylovlari bölib ötdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bişkekda norozilik namoyişini boşladi. Keyinroq namoyiş tartibsizlikka aylanib ketdi.
Namoyişçilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylaşgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyişçilar qöliga ötgani maʼlum böldi.
Bundan taşqari, aktsiya iştirokçilari Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Şuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Boş vazir Sapar Isakov ham qamoqdan çiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bişkek şahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.
Prezident Sooronbay Jeenbekov yuz berayotgan tartibsizliklar böyiça bayonot berib, baʼzi siyosiy kuçlar davlat hokimiyatini noqonuniy ravişda egallab olişga uringanini aytib ötdi.
Namoyişlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.
Hozirgaça Jöqorğu Keneş spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Boş vaziri Kubatbek Boronov isteʼfoga çiqdi. Ularning örniga muxolifat vakillari tayinlandi.
Özbekiston qöşni Qirğizistonda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirib, jiddiy taşvişda ekanini bildirdi.









