Biroz avval xabar berganimizdek, “Byurokratik tösiqlar yanada qisqartirilişi hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga zamonaviy boşqaruv tamoyillari joriy qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonun kuçga kirdi.
Qonun bilan, “Suv va suvdan foydalaniş töğrisida”gi Qonunga kiritilgan özgarişlarga köra, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining qator funktsiya va vakolatlari bekor qilindi.
Xususan, edilikda faoliyati suvlarning va suv obʼektlarining holatiga taʼsir etuvçi korxonalarning texnologiya, örmon-melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini ötkazişlari uçun mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan kelişişi lozim emas;
Şuningdek, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining korxonalar va taşkilotlarga quyidagi masalalarda yozma körsatmalar berişi bekor qilindi:
• suv toşqinlarining, suv bosişi va zax bosişining;
• sohillar, himoya dambalari va boşqa inşootlar buzilib ketişining;
• yerlarning botqoqlanişi va şörlanişining;
• tuproq eroziyasining, jarlar, öpirilişlar yuzaga kelişining, sel oqimlarining va suvlar yetkazadigan boşqa zararli taʼsirning oldini oliş hamda uni bartaraf etiş böyiça tadbirlarni amalga oşiriş;
• aholining içimlik, maişiy va boşqa ehtiyojlari uçun möljallangan suv oliş inşootlaridan foydalaniş töğrisida qaror qabul qiliş.
Şuningdek, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining quyidagi vakolatlari çiqarildi:
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartiriş bilan hokimlarning maʼmuriy javobgarlikka tortiş nazarda tutilgan qarorlar qabul qiliş va maʼmuriy javobgarlikka sabab böladigan ayrim qoidalarni belgilaş vakolati;
“Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida”gi Qonunga kiritilgan özgartirişga köra, hokimlarning atmosfera havosiga ifloslantiruvçi moddalar çiqarilişining yöl qöyiladigan normativlarini buziş bilan boğliq bölgan faoliyatni çeklaş, töxtatib turiş va tugatiş masalasida qaror qabul qiliş vakolati;
“Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi Qonunga kiritilgan özgartirişlarga köra, yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni çorvaçilik ehtiyojlari uçun tayyorlaş uçun ruxsatnoma beriş vakolati;
“Örmon töğrisida”gi Qonunga kiritilgan özgartirişlarga köra, örmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda taşkilotlar faoliyatini çeklaş, töxtatib turiş va tugatiş böyiça qaror qabul qiliş vakolati.
Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.









