“Everton”ning sobiq direktori Sarvar Ismoilovga nisbatan oçilgan jinoyat işi “dalillar yöqligi” uçun töxtatildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
26 yoşli Sarvar Ismoilov va uning 34 yoşli akasi Sanjar Ismoilov Londondagi kvartirada Edmond Krasnikiga oğir tan jarohati yetkazganlikda ayblanayotgan edi.
Joriy yilning 11 iyun kuni yana bir şaxs, 40 yoşli Malik Bilol ham xuddi şunday jinoyatda ayblangan. Ammo iş böyiça uç haftalik tanaffusdan söng, Vestminster magistratura sudi iş töxtatiladi, degan qarorga kelgan.
Sudda Qirollik prokuraturasi tomonidan qöşimça maʼlumotlar berilmagan. Xuddi şu işda Sanjar Ismoilov ham Astrid Fayçi ismli modelga hujum qiliş va qiymati 5000 funt sterlingdan ziyod bölgan olmos bilaguzukka zarar yetkazişda ayblangan. Sarvar Ismoilov esa joriy yilning iyul oyida “Everton” direktorlar kengaşiga qöşilgan, biroq 2 noyabrda “şaxsiy va soğligi bilan boğliq muammolar” sababli isteʼfoga çiqqan edi.
Sanjar Ismoilov “Somerset” va “Regent's” universitetidagi Millfild maktabida tahsil olgan va Oksford universitetida MVA darajasini olgan. Sarvar Ismoilov esa Ridingdagi “Leighton Park” maktabida va Londondagi “City” universitetida tahsil olgan.
Ularning amakisi rossiyalik Alişer Usmonov toğ-kon sanoati va telekommunikatsiya sohasida milliardlab dollar işlab topadi. U “Everton” klubiga egalik qilmasa-da, klub bilan tijoriy aloqalarga ega.









