Jarqörğonda sud xodimining kaltaklanişi böyiça oçilgan jinoyat işi tugatildi

Jarqörğonda sud xodimining kaltaklanişi böyiça oçilgan jinoyat işi tugatildi

Joriy yilning iyul oyida Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida sudyalar hokim va IIB boşliği rahbarligida omma oldida obrösizlantirilib, sud xodimi R.Rahimnazarov döpposlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekşiriş işlari boşlangandi.

Viloyat prokuraturasi tekşiruv yakunlanganini va holat böyiça oçilgan jinoyat işi tugatilganini maʼlum qildi.

Aniqlanişiça, viloyat prokuraturasi tomonidan R.Rahimnazarov yengil tan jaroxati olganligi xolati yuzasidan, yuzlaştiriş va boşqa bir qator tergov harakatlari ötkaziş lozimligi sababli, 2020 yil 14 iyulda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Holat böyiça R.Rahimnazarov özining körsatuvida uni heç kim urib tan jarohat yetkazmagani va heç kimga daʼvosi yöqligini bildirgan.

Tergov natijasiga köra, holat yuzasidan biror-bir şaxsning harakatida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli jinoyat işi 30 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismiga asosan harakatdan tugatilgan.

Voqea tafsiloti

Joriy yilning 10 iyul kuni soat 8:30 larda Jinoyat işlari böyiça Jarqörğon tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovçi R.Rahimnazarov şu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 530 YAA xizmat avtotransport vositasida, Jarqörğon tumani maʼmuriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovçisi şu sudga biriktirilgan Nexia-3 rusumli davlat raqami 307 VAA xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida tuman markaziga kiraverişda blok postda ular töxtatilgan va postdan ötkazilmagan.

Şu vaqtda postda bölgan tuman hokimi Z.Davlatov boşçiligidagi işçi guruh Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi qaroriga zid ravişda, tuman sudi xizmat avtomaşinalarini postdan ötkazmay, xizmat avtomaşinasi daxlsizligini buzib, işga borişga imkoniyat bermay, yöldan ötişga tösqinlik qilib, işçi guruh aʼzolaridan bittasi xizmat avtomaşinasining orqa öng eşigini oçib qölidagi uyali aloqa telefoni bilan tasvirga tuşirib, postdan ötiş uçun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obrösizlantirişga uringan.

Ularga qöpollik qilib, tuman sudining haydovçisi R.Rahimnazarovni (özining bildirgisidan) yöl patrul xizmati xodimi R.Raimov bilagidan tortib, IIB boşliği B.Xidirov va örinbosari Ş.Azizberdiyev avtomaşina kalitini olib qöyib, uni avtomaşinada ötirgan joyidan kuç işlatib tortib, egnidagi köylagini old kökrak qismini yirtib, sud xodimini tuman IIB binosiga olib kelib, IIB boşliği örinbosari Ş.Azizberdiyev sud xodimini haqoratlab, böynidan böğib, şaxsiy telefon apparatini tortib olib, söngra vaqtinça uşlab turiş hibsxonasiga qamab qöygan.

10 iyuldagi 442-sonli sud-tibbiy tekşiruvi dalolatnomasiga köra, R.Rahimnazarovning badanida qontalaş va şilinma aniqlangan. R.Rahimnazarovning badanida kökrak qafasi öng tomoni, böyin orqa öng tomoni, öng kökrak sohasida qontalaşlar va öng qöl tirsak taşqi yuzasida şilinmalar mavjudligi, uning kökrak qafasi öng tomoni, böyin orqa öng tomoni, öng kökrak sohasidagi qontalaşlari va öng qöl tirsak taşqi yuzasidagi şilinmalari ötmas qattiq jismlarning bir-neça martabalik zarb va işqalaniş mexanizmlari taʼsirida yetkazilganligi, oğirlik darajasiga köra yengil tan jarohatlari, deb baholangan.

×