Saida Mirziyoyeva: "Orqaga yöl yöq!" (video)

Saida Mirziyoyeva: "Orqaga yöl yöq!" (video)

Keça, 11 oktyabr kuni Samarqandda YEXHTning Vena şahridagi iştirokçi davlatlar doimiy vakillari, xorijiy mamlakatlarning Özbekistondagi elçilari iştirokida “Özbekistonda OAV erkinligi masalalari” mavzusida xalqaro davra stoli bölib ötgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva ham iştirok etib, Özbekistonda sönggi uç yil içida söz va matbuot erkinligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar, davlat rahbari boşçiligida OAV erkinligi va uning tom maʼnoda törtinçi hokimiyat bölişiga erişiş yölida olib borilayotgan siyosat xususida nutq sözladi. Jumladan u şunday deydi:

“Janobi oliylari, hurmatli xonimlar va janoblar! Sizni mehmondöst Özbekistonimizda, tarixiy Samarqand şahrimizda körib turganimizdan bağoyat mamnunmiz. 

Aziz döstlar biz sizlar bilan qayta uçraşib turganimizdan xursandmiz. Zero, şu yil yozda Vena şahrida  köpçiligingiz bilan uçraşuv juda iliq taassurot qoldirgan. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakili sifatida sizlarga agenlik rahbari janob Allamjonov taʼkidlab ötganlaridek, Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va oçiqlik siyosati tufayli Özbekistonda söz erkinligini taʼminlaş borasida erişgan yutuqlarimizni siz bilan baham körmoqçiman. 

Xonimlar va janoblar, zamonaviy Özbekiston bir neça yil oldingi mamlakat emas. Özbekiston şiddat bilan özgarib bormoqda. mamlakatimiz oçiqlik, fuqarolarning söz va axborot oliş erkinligiga doir konstutitsiyaviy huqularni amalga oşirişni nazarda tutuvçi yölni tanladi. Biz – fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga javob beradigan, ular örtasidagi yaqin muloqotni yölga qöyadigan, yurtimizni yanada rivojlantiriş, uning axborot xavfsizligini taʼminlaş hamda mamlakatimizning jahon axborot hamjamiyatiga kirişiga kömaklaşadigan, kelgusida mamlakatimizda demokratik axborot jamiyatini şakllantiriş imkonini beradigan axborot makonini yaratişni maqsad qilganmiz. Uşbu rejalar YEXHTning axborot vositalari erkinligini ilgari surişdagi asosiy tamoyillariga  töla mos keladi. Sizni işontirib aytamanki, agentlik Özbekistonning YEXHT doirasidagi majburiyatlariga töliq amal qiladi. 

Biz bu strategik maqsadga erişişni tuşunamiz. Bu startegiyalar bizdan axborot sohasini yanada rivojlantiriş, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini yanada oşiriş, davlat organlarining oçiqligini taʼminlaş va Axborot xizmatlarining ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorligini talab etadi. Uşbu asosiy tamoyillardan kelib çiqqan holda biz davlat axborot siyosatini amalga oşirişga harakat qilmoqdamiz. Buning natijasida jamiyatimiz özgarayotgani, odamlarimiz axborot sifati va undan foydalanişda talabçan bölib borayotganini, jamiyatga turli fikr-mulohazalarni taqdim etayotgan ommaviy axborot vositalari ham tobora özgarib borayotganini işonç bilan aytişimiz mumkin. Jurnalistlarning özlariga işonçlari tobora ortib bormoqda, ular axborot maydonini köproq his qilmoqdalar. 

Özbekiston yildan-yilga jonlanib bormoqda. Bugun ommaviy axborot vositalari ötkir muammolarni tanqid ostiga olib va oçiq körsatib yangi Özbekiston qurilişida faol iştirok etmoqda, şu bilan birga, Hukumat ularning faoliyatiga munosabat bildirmoqda va ularni hal etiş çoralarini körmoqda. 

Öz navbatida, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va ularning salohiyatini oşiriş böyiça tizimli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda, ommaviy axborot vositalari hamda davlat organlari rahbarlari va ularning Axborot xizmatlari örtasida muloqot maydoniga aylandi. Agentlik jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalarining boşqa ijodiy xodimlarini hamişa ximoya qiladi va qöllab-quvvatlaydi. Bizning eşiklarimiz ular uçun doim oçiq”.

Saida Şavkatovna sözida davom etarkan, mamlakatda söz va matbuot erkinligi aniq dalillar, hujjatlarga asoslangani, qolaversa, sohaga Parlament va Hukumat darajasida eʼtibor qaratilayotganini qöşimça qiladi. Mirziyoyeva mamlakatda söz va matbuot erkinligini taʼminlaş, jurnalistlar oldidagi tösiqlarni olib taşlaş uçun qabul qilingan qator hujjatlarni yodga oldi. 

“Bundan taşqari, jurnalistlar hamjamiyati iştirokida jurnalistlarning professional etikasi Milliy kodeksi işlab çiqildi va qabul qilindi.

Parlamentimiz huzurida Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça jamoatçilik kengaşi taşkil etildi. Uning tarkibida  ommaviy axborot vositalari, jamoat taşkilotlari, fan va madaniyat vakillari, deputatlik korpusi, mustaqil ekspertlar va mutaxassislar, şuningdek, fuqarolik jamiyatining boşqa instituti vakillari kiradi. 

Blogerlarning huquqlarini mustahkamlaş, şuningdek, jurnalistlar faoliyatiga noqonuniy aralaşgani uçun maʼmuriy javobgarlikni joriy etişga qaratilgan qonun loyihasi tayyorlandi. 

Konstitutsiyaviy huquqni taʼminlaş davlat va  fuqarolik jamiyati örtasida konstruktiv muloqotni örnatiş, mamlakatning axborot sohasini rivojlantiriş, şuningdek, davlat organlarining axborot faoliyatini tartibga solişga qaratilgan  Yagona davlat axborot siyosati kontseptsiyasi tayyorlandi.

Davlat organlarining axborot oliş  erkinligi va oçiqligini kafolatlaşga qaratilgan qonun loyihasi tayyorlanmoqda, şuningdek, Özbekiston jurnalistlar va blogerlar huquqlarini himoya qiliş uçun Media-ombudsman lavozimini taʼsis etişni rejalaştirmoqdamiz”. 

Agentlik direktorining örinbosari Özbekistonda ijtimoiy tenglikni taʼminlaş, jumladan sohalarda ayollar sonini köpaytiriş orqali, gender tengligi samaradorligiga erişiş OAV sohasida özining natijasini körsatayotganini qayd etdi.

“Hurmatli hamkasblar, ijtimoiy tenglikni qöllab-quvvatlaş muhim ahamiyatga ega bölgan davrda iş joyida erkaklar va ayollar teng vakillik qilişlariga katta eʼtibor qaratildi va şunday bölişi şart. Şu bois Özbekiston Hukumati 2016 yildan buyon jurnalistika sohasida xotin-qizlarning rolini mustahakamlaşga katta eʼtibor qaratmoqda. Bu juda muhim jihat. Çunki, ommaviy axborot vositalarining xilma-xilligi jamiyatimizga muhim taʼsir körsatişi mumkin. Joriy yilda mamlakatimizda “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan  himoya qiliş töğrisida” yangi qonunlar qabul qilindi. Bu hujjatlar hamda yangi taşkil etilgan Gender tengligi böyiça Hukumat komissiyasi xotin-qizlar Özbekiston jurnalistikasida mustahkam örin egallaşi uçun muhim asos bölib xizmat qiladi. 

Janobi oliylari! Fursatdan foydalanib, Özbekiston söz va matbuot erkinligini taʼminlaş, şuningdek, eng yaxşi xalqaro amaliyotlarni qöllaş borasida xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan samarali va amaliy hamkorlikka oçiq ekanini aytmoqçiman. Biz OAVning haqiqiy mustaqilligini şakllantirişning murakkab yölining boşida ekanimizni anglaymiz. Sönggi uç yil içida biz köplab işlarni qildik, ammo oldinda bizni bundan ham köproq vazifalar kutib turibdi. Mamlakatimzida oçiqlik söz va axborot erkinligini taʼminlaş, şuningdek, OAVni haqiqiy “törtinçi hokimiyat”ga aylantiriş böyiça haqiqiy harakat boşlangan. Orqaga yöl yöq. Eʼtiboringiz uçun rahmat! Özbekistonga xuş kelibsiz”!      

×