Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tönğiç qizi, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva öğil farzandli böldi. U farzandiga Şavkat deb ism qöygan.
“Barçamiz uçun hali-hamon qiyin bölsa-da, hayot davom etmoqda. Odamlar töylarda xursandçilik qilmoqda, bolalar dunyoga kelmoqda. Biz ham köpayişdik — jajji Şavkatjon, bizning quyoşimiz. Biz u bilan yaqinda tanişdik, lekin birinçi uçraşuvimizdayoq örtada şunçalar kuçli muhabbat paydo böldiki, biz kuniga 24 soat birga bölamiz :) Onalar buning nima ekanini bilişadi.
Men esa muhabbatning ayollarga barça dilxiraliklarga doş berişi va keçirişiga yordam beruvçi kuç ekani haqida öylayman. Baxtli va eng yaxşi damlarni kutiş, bolalar ösib-ulğaygunça yonida böliş, ularga tayanç böliş va keyin tin oliş mumkin. Nima qilsak ham, bizni doim muhabbat boşqaradi”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
QALAMPIR.UZ töplagan maʼlumotlarga köra, Saida Mirziyoyeva joriy yilning 24 iyul kuni – Prezident Şavkat Mirziyoyevning tuğilgan kunida uçinçi farzandini dunyoga keltirgan.
“Hozir öğlim bilan ertaklar emas, balki yangiliklar sadosi ostida uxlayapmiz. Xotin-qizlar va jurnalistlarga nisbatan sudlov mexanizmi tezkor va şiddatli bölib, bor kuçi bilan işlayotganini köriş men uçun oğir. Erkaklar va amaldorlarga kelganda bu tizim köpinça töxtab qoladi. Bir vaqtning özida haqoratlarga munosib javob uçun ozodlikdan mahrum qiliş va sakkiz yillik xörlik ostida yaşaganlarni yaraşuv bilan «jazolaş» mumkin emas. Qiz bolaga ojiza va itoatkor bölgani uçungina buyumdek qaraş, dili oğrigan-oğrimaganini uning uçun hal qiliş mumkin emas. Şaxsiy fikri uçun taʼqib qiliş mumkin emas. Agar biz adolat tarafdori bölsak, qonun ikkala tomon uçun bir xil işlasin. Agar biz baxtli mamlakatda yaşaşni istasak, ayollarni erkaklar prioritetlaridan, jurnalistlarni esa bosimdan himoya qilişimiz kerak.
Ayollarga kelsak: qölimizda bola bölganida, har bir jabhada erkaklar bilan tenglaşiş biz uçun şundoq ham qiyin, har birimiz farzand tuğilganida kareramizning bir neça yilini yöqotamiz. Şunga qaramay, baʼzan bizga yana ayblov ham qöyişadi”, deydi Mirziyoyeva.
U sözida davom etarkan, 4 yil ilgari Prezident Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ğoyalar haqida şunday deydi:
“Tört yil oldin Prezidentimiz söz erkinligini yoqlab çiqdi, mamlakatimiz bundan buyon toqat qilmas ekanmiz, sukut saqlab ötirmaymiz, degan xulosaga keldi. Şuni yodda tutişimiz kerakki, endilikda har bir noxuş holat jamoatçilikka oşkor bölmoqda: biz kiçik jinoyatlar uçun ham barça mumkin bölgan moddalar bilan oğir jazoni qöllaş holatlariga guvoh bölyapmiz. Agar kimlargadir buning aksi kerak bölsa, jazo yumşaydi va yengillaşadi. Odamlar buni körib turibdi, muhokama qilişyapti va adolatga işonmay qöyişyapti.
Men jurnalist va blogerlar sukut saqlamasligiga va boşlangan islohotlarni davom ettiriş yölida hissa qöşişiga qatʼiy işonaman. Jamoatçilik fikrining kuçiga işonaman. Oldinda bizni yaxşi kunlar kutayotganiga işonaman. Agar har kim öz obröini saqlagan holda odamlar bilan hisoblaşsa, hamma iş adolatli va töğri böladi.
Prezident topşiriğiga köra, ayni kunlarda tuhmatni dekriminallaştiriş hamda jurnalistlar faoliyatiga tösqinlik uçun javobgarlikka oid ikki muhim qonun hujjati işlab çiqiş arafasida.
Bu oşkora jamiyat sari taşlangan yana ikki katta qadam böladi. Keling, buni birgalikda amalga oşiramiz”.









