Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot töğrisida
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi - bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar qildi (https://president.uz/uz/2756).
Suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, köp millatli Özbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi.
Davlat rahbarlari qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Prezidentimiz Turkmaniston rahbariga samimiy tabrik uçun minnatdorlik bildirib, joriy yil avgust oyining boşida "Avaza" milliy turizm zonasida bölib ötadigan birinçi Kaspiy iqtisodiy forumini ötkazişda muvaffaqiyat tiladi.









