Uzoq kutilgan bodi-kamera. Toşkent köçalarida kamerali YPX xodimlari paydo böldi

Uzoq kutilgan bodi-kamera. Toşkent köçalarida kamerali YPX xodimlari paydo böldi

Aslida yöl harakati xavfsizligi xodimlari 1 iyuldan faqat bodikameralar bilan işlaşi lozim edi. Unga köra, 1 iyuldan YPX xodimida videokamera bölişi şartligi, mobil videokamerasi bölmagan YPX xodimiga haydovçi hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egaligi aytilgandi. Ammo keyinçalik uşbu qaror ijrosi qoldirildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyulda qabul qilingan «Içki işlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 556-son qarori bilan içki işlar organlarining yöl-patrul bölinmalari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar hamda planşetlar bilan taʼminlaş 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining xabariga köra, joriy yilning 22 iyulidan Toşkent şahrida bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida işlatib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş işlari boşlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar berib ötdi.

Albatta, YPX inspektorlari haydovçi bilan muloqotga kirişganda, ularning suhbatlari bodi-kameraga yozilayotgani haqida ogohlantiradilar. Sinov-tajriba natijalari nufuzli komissiya tomonidan körib çiqilib, işlab çiqaruvçi taşkilotga tegişli taklif va tavsiyalar taqdim etiladi.

Yana şuni taʼkidlaş joizki, bugungi kunda bodi-kameralar bilan birga YPX inspektorlari uçun maxsus işlab çiqilgan jiletlar ham sinovdan ötkazilmoqda.

×