Bizning ovozimiz bizning şaxsiyatimiz, kayfiyatimiz va suhbatdoşga bölgan munosabatimiz haqida köp narsalarni aytib berişi mumkin.
Yaqinda Daniya Texnologiya Universiteti (DTU) olimlari nutq insonning ruhiy salomatligi haqida maʼlumot berişi va ruhiy kasalliklari bölgan insonlarni davolaşda yordam berişi mumkinligini tasdiqladi. U qanday işlaydi?
Bipolyar buzuliş (manik-depressiv kasallik deb ham ataladi) bilan oğrigan bemorlarni davolovçi psixiatrlar bemorning kayfiyatini ular bilan gaplaşiş va ovozini tinglaş orqali aniqlaşlari mumkin. Ular ruhiy tuşkunlik, maniya va oddiy ruhiy holatni ajrata oladilar. Uşbu maʼlumotlarga asoslanib, universitet tadqiqotçilari kasalxonadagi hamkasblari bilan birgalikda insonning ovozidan raqamli marker sifatida foydalanib, ruhiy holat sifatini baholaş mumkinmi yoki yöqligini tekşirdilar. Yaʼni ular odamning ruhiy holatini ovozli yozuvlardan baholaşga harakat qilişdi.
«Bizning tadqiqotimiz şuni körsatadiki, bipolyar buziliş bilan oğrigan bemorlarni ovozli tahlil asosida soğlom odamlardan ajratiş haqiqatan ham mumkin», – deydi Darius Rohani (Darius Rohani), Daniya Texnologiya Universiteti Tibbiyot texnologiyalari bölimi doktori.
Uzoq vaqt davomida tadqiqotçilar mobil ilova yordamida telefon suhbatlarini tahlil qilişdi. Ular çuqurlik, ovoz balandligi, tezlik va balandlikning audio tahlillarini amalga oşirdilar. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, bipolyar buzuqlik bilan oğrigan bemorlarni soğlom odamlardan ajratiş mumkin. Bundan taşqari, agar kasallikka çalingan bemor ikki hafta davomida sunʼiy intellekt yordamida örganilsa, unda kasallikning kuçayişi, depressiv yoki manik holatga ötiş davrini taxmin qiliş mumkin. Yaʼni, şaxsiy xatti-harakatlarni özlaştirgan holda model yaratiş va retsedivni aniqlaşga möljallangan dastur yaratiş mumkin.
Hozirgi vaqtda tadqiqot faqat nazariy qiziqiş uyğotgan xolos. Mahalliy va xorijiy tibbiy ilovalar orasida uşbu mavzu böyiça foydalanişga tayyor işlanmalar mavjud emas. Biroq, ular tez orada paydo bölişiga işonç bor.









