Toşkent metropolitenining barça stantsiyalarida Wi-Fi tarmoğiga kiriş imkoni paydo böldi (Video)

Toşkent metropolitenining barça stantsiyalarida Wi-Fi tarmoğiga kiriş imkoni paydo böldi (Video)

Şu yilning 7 oktyabridan boşlab poytaxtimiz metropolitenida Internetdan foydalaniş imkoni yaratildi. Endi Toşkent metropolitenining barça yölovçilari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini körib çiqiş, sevimli musiqalarini onlayn tarzda tinglaş va ommabop messenjerlarda muloqot qilişlari mumkin.

Uşbu xizmatdan foydalaniş uçun metroga tuşişdan oldin avtorizatsiyadan ötiş lozim (SMS orqali). Tizimga ikki usul orqali kiriş mumkin – pullik va bepul. Tarmoqqa bepul ulaniş uçun quyidagi bosqiçlarni bajariş kerak:

  1. Metroga tuşişdan oldin «Metrotelecom Free» tarmoğini tanlang;
  2. Telefon raqami orqali avtorizatsiyadan öting;
  3. Reklama roligini tomoşa qiling;
  4. Internetga ulaning.

Internetga qanday ulanilişi böyiça metroga tuşişda joylaşgan maxsus axborot tablolarida ham körsatilmoqda.

Uşbu loyihani amalga oşiriş “Metrotelecom” va “Sola” Wi-Fi–operatori hamda “Toşkent metropoliteni” unitar korxonasining hamkorligida amalga oşirildi, deya xabar beradi Özbekiston Temir yöllari aktsiyadorlik jamiyatining Axborot-tahliliy media markazi.

×