Toşkent şahar IIBB YPX va PPX xodimlari bodikameralarni işga tuşirişdi

Toşkent şahar IIBB YPX va PPX xodimlari bodikameralarni işga tuşirişdi

Ilgari xabar berilganidek, 2020 yilning boşidan içki işlar organlari xodimlaridan xizmat olib boriş davomida bodikameralardan foydalanişlari talab etiladi. Biroq joriy yilning 19 sentyabridanoq poytaxt IIBBning 50 nafar xodimlari xizmatga test tartibida bodikameralar bilan kirişdilar (ular qatorida 32 nafar YHXB YPX inspektorlari va 18 ta patrul-post xizmati xodimlari).

Keyinçalik Toşkent şahar içki işlar organlarining barça bölinmalari, ular qatorida qölga olingan, hibsga olingan va ayblangan şaxslarni, şuningdek, maʼmuriy qamoq qöllanilgan şaxslarni konvoylaş va etaplaş bilan şuğullanuvçi xodimlarning faoliyatida ham bodikameralardan foydalaniş yölga qöyiladi. Şu tarzda keyingi yilning boşiga qadar xizmat davomida bodikameralarni işlatiş, maʼlumotlarni mobil uzatiş, qayta işlaş, saqlaş va tahlil qiliş, jarayonni xizmat olib boriş davomida nazorat qiliş böyiça amaliy könikma hosil böladi.

BODIKAMERALAR HAQIDA NIMALARNI BILIŞ ZARUR?

“Bodikamera” moslamasi audio- va videokontentni (FullHD formatida) yoziş va markazlaşmagan tarzda saqlaş, keyinçalik körib çiqiş, favqulodda vaziyatlarda markazlaşgan dispetçerlik xizmatiga “xavotir” signalini yetkaziş, real vaqt rejimida mobil guruhlarning joylaşuvlari va faoliyatlarinin masofadan turib monitoring qiliş imkoniyatini beruvçi moslamadir. Qiziqarlisi, bodikamera moslamasi infraqizil yoritiş qurilmasi bilan jihozlangan bölib, uşbu qurilma tungi vaqtda ham ön metrlik masofani yoritib, videoga olib boriş imkoniyatini beradi.

Xodimda kontentni yoziliş jarayoniga aralaşiş, uni tahrir qiliş va öçiriş imkoniyati yöq: kamera, xodim uni qabul qiliş vaqtidan boşlab, qatarib topşirgunga qadar videoga olib boradi. Moslama korpusi oçilmasligi uçun maxsus himoya bilan jihozlangan.

Şuningdek moslama yordamida radioaloqaga çiqiş imkoniyati bölib, uşbu imkoniyat xodimlarni ratsiyadan behojat qiladi.

Toşkent şahar IIBB qoşidagi MONITORING MARKAZI

Yozuvlar natijasi maxsus serverda bir oy davomida saqlanadi. Bodikameralarni işlatiş uçun zarur bölgan axborot tizimida monitoring markazini taşkillaştiriş ham közda tutilgan. Aynan öşa yerda bodikameralar tomonidan qayd etilgan maʼlumotlar saqlanadi va körib çiqiladi. Moslamaning xotira kartasidan serverga maʼlumotlarni köçiriş, maxsus dasturiy taʼminot tomonidan WI-FI maʼlumotlar köçiriş simsiz tarmoği yordamida doimiy dislokatsiya joyiga yetib kelgaç amalga oşiriladi (arxivga saqlaş jarayoni inson aralaşuvisiz amalga oşadi). Markaz operatorida moslamaga masofadan turib boğlaniş va nazorat qiliş imkoniyati mavjud.

Monitoring markazidagi maxsus elektron kartada har bir xodimning ayni vaqtda joylaşgan manzili, hamda uşbu manzilning patrullaş yönalişiga muvofiqligi aks etadi.

Bundan taşqari, şu yerda favqulodda vaziyatlar holatlarida harakatlar koordinatsiyasi amalga oşiriladi: monitoring markaziga avtomatik tarzda geo-, audio- va videomaʼlumotlar yopiq (himoyalangan) aloqa kanallari orqali yetkazilib turiladi.

Qayd etiş joizki, bodikameralarni işga tuşiriş – şaharda qulaylik va xavfsizlik darajasini oşiriş, şuningdek içki işlar xodimlari va aholi örtasida özaro hurmatli dialog örnatiş yölidagi muhim qadamdir.

×