Namanganda MÇJ işçilari bölgan "Damas" YTHga uçradi. Haydovçi halok bölgan

Namanganda MÇJ işçilari bölgan "Damas" YTHga uçradi. Haydovçi halok bölgan

Joriy yilning 11 yanvar kuni soat 08:30 larda, Işonç MFY Çortoq yöli köçasida, Namangan şahrida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan fuqaro yöl varaqasi orqali, MÇJga tegişli bölgan Damas rusumli avtomaşinani  boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yöl çetidagi beton stolbaga urilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB AXborot xizmati xabar berdi. 

Natijada, haydovçi voqea joyida vafot etgan va avtomaşina salonida bölgan şu MÇJda tikuvçi bölib işlovçilar, Çortoq tumanida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan va Çortoq tumanida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan ayollar boş miya çayqalişi taşxisi bilan  şifoxonada tibbiy yordam körsatilgan.  

Uşbu holat böyiça Namangan şahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 yanvar kuni Öz.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×