Yaponiyaning Tokio şahrida balandligi 330 m bölgan mamlakatdagi eng baland bino qurib bitkazildi. Bu haqda CNN naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, yuqori qavatlari gul barglariga öxşaş binoning qavatlari soni 64 tani taşkil qiladi. Mazkur imorat Yaponiyada şu paytgaça eng baland bino bölgan Abeno Harukas osmonöpar binosidan 30 metrga baland qilib qurilgan.

Quriliş kompaniyasining maʼlumotlariga köra, binoni quriş 2019 yilda boşlangan. Loyiha tarkibida bir neçta köp qavatli binolar bölib, unda brend mehmonxonalar, ofis xonalari, universitet, tibbiyot markazi, çakana savdo dökonlari, restoranlar hamda Tokio markazidagi eng yirik xalqaro maktab örin olgan. 20 gektarga yaqin maydonni egallagan loyiha hududida boşqa inşootlar, jumladan, kurort, fitnes klublari, sanʼat galereyasi va muzey ham mavjud.

Şuningdek, mahalliy tirbandlikni kamaytiriş uçun majmua orqali ötiladigan yangi yöllar ham qurilgan. Majmuada 20 mingga yaqin xodimni işga jalb qiliş bilan birga, 3500 aholini qamrab oliş ham rejalaştirilgan. Yillik taşrif buyuruvçilar soni esa 25-35 million atrofida bölişi kutilmoqda.

Majmuadagi baland binolar AQŞning maşhur Pelli Clarke & Partners arxitektura firmasi, kam qavatli binolari esa Buyuk Britaniyaning Heatherwick studiyasi tomonidan loyihalaştirilgan.

Maʼlumot uçun, Yaponiyada eng baland osmonöpar binolar ötgan asr boşlarida qurilgan bölişiga qaramay, uning şaharsozligi yuqori texnologik imkoniyatlarga boy. Ayni paytda Yaponiya ham boşqa rivojlangan davlatlar kabi tobora balandroq binolarni qurişni rejalaştirmoqda. Yaqin orada Tokio şahrida balandligi 390 metrdan iborat bino qurişni közlayotgan Yaponiya bu orqali osmonöpar binolarga boy davlatlar orasida bölayotgan “poyga”ga qöşilib olmoqçi.









