Birlaşgan Arab Amirliklari AQŞga Hormuz böğozini harbiy yöl bilan oçişda yordam berişga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, BAA bu operatsiyani qonuniylaştiriş uçun BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasini ilgari surmoqda. Şu bilan birga, amirliklar Yevropa va Osiyo davlatlarini böğozda kemalar xavfsizligini taʼminlaş uçun harbiy koalitsiya tuzişga çaqirmoqda.
Agar bu amalga oşsa, BAA Fors körfazi davlatlari orasida birinçi bölib Eron bilan uruşga rasmiy ravişda kirgan davlatga aylanişi mumkin.
Manbalarga köra, BAA özining harbiy imkoniyatlarini qayta körib çiqib, böğozni minalardan tozalaş (deminatsiya) işlarida ham qatnaşişga tayyor ekanini bildirgan.
Şuningdek, ayrim arab rasmiylarining aytişiça, BAA AQŞdan Fors körfazidagi orollarni, jumladan Abu Musa orolini egallaşni talab qilmoqda. Bu orol qariyb yarim asrdan beri Eron nazoratida, ammo Abu-Dabi tomonidan daʼvo qilinadi.
Naşrning taʼkidlaşiça, bu BAA taşqi siyosatida “tub özgariş” hisoblanadi. Uruşdan oldin amirliklar AQŞ va Eron örtasida vositaçi bölişga harakat qilgan edi.









