Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan va rus tili yoki mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarlarni bepul örganmoqçi bölgan fuqarolar diqqatiga

Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan va rus tili yoki mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarlarni bepul örganmoqçi bölgan fuqarolar diqqatiga

Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan va rus tili yoki mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarlarni bepul örganmoqçi bölganlar @uzrivoj_bot tizimida öz arizalarini qoldirişlari mumkin.

Mehnat migrantlari uçun Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Yekaterinburg va Novosibirsk şaharlarida quyidagi yönalişlar böyiça 1 oylik (72 soat) va 2 oylik (144 soat) öquv kurslari taşkil etiladi:

rus tili;

öz kasbi böyiça malaka oşiriş;

yangi kasb örganiş.

Malaka oşiriş va kasb örganiş kurslarida xizmat körsatiş, quriliş va kompyuter texnologiyalari sohasida dars ötiladi.

Kurslar kunduzi va işlovçilar uçun iş vaqtidan keyin 19-00 dan -00 gaça taşkil etiladi.

Kurslarga har kuni qatnab öqişga imkoni bölmaganlar uçun öquv markazlarida yotoqxona taşkil etiladi. Kurslar va yotoqxona xarajatlari mehnat migrantlari uçun butunlay bepul.

Öquv kurslari yakunida "Worldskills" standartlari asosida öqiganlikni tasdiqlovçi va malaka darajasini körsatuvçi skills passport (malaka pasporti) beriladi.

Agar siz mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga bepul öqib, öz malakangizni oşirmoqçi bölsangiz:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining telegramdagi @uzrivoj_bot tizimi;

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining +998 71 202 33 55 telefon raqami;

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasining +7 925 759 59 25 telefon raqami orqali murojaat qilib, ariza qoldirişingiz mumkin.

Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan mehnat migrantlarini bepul kasbga öqitiş loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Worldskills Uzbekistan" assotsiatsiyasi, "Worldskills Russia" ittifoqi va Rossiya xalqlar döstligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.

×