Toşkentliklarning suvdan qarzi 124 milliardga yetdi

Toşkentliklarning suvdan qarzi 124 milliardga yetdi

Ayni kunda Toşkent şahri aholisining birgina içimlik suvidan qarzdorligi 124 milliardga yetdi. Bu haqda “Toşkent şahar suv taʼminoti” MÇJ ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, qarzdorlikning bu tarzda ösişiga köplab omillar sabab bölmoqda. Bulardan biri karantin çeklovlari vaqtida aholining tölov qobiliyati çeklanişi bölsa, ikkinçisi köp yillardan buyon aholidan içimlik suvi tölovlarining öz vaqtida undirilmagani. 

“Sohadagi mazkur yirik miqdordagi debitor qarzdorlik tizim rivoji bir munça ortga surilişiga ham sabab bölmoqda”, deyiladi xabarda.

Şundan kelib çiqib, aholining içimlik suvidan qarzdoriligini yil söngiga qadar qisqartiriş böyiça “Toşkent şahar suv taʼminoti” MÇJ tomonidan aniq çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilib, barça mutasaddilar uşbu saʼy-harakatga safarbar etilgan.

Ayni kunda barça mutasaddilar mahallarda bölib, aholiga tuşuntiriş işlari olib borilmoqda va qarzlarni undiriş böyiça çoralar körilmoqda.

Örganişlar davomida içimlik suvidan qarzdorlar orasida öziga töq, daromad manbai aniq bölgan aholi vakillari borligi aniqlangan.

×