Olmaliq şahar Mudofaa işlari bölimi boşliği Fayoz Siroçevga nisbatan intizomiy çora körildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Harbiy prokuratura matbuot kotibi Şerzod Hayitov maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Fayoz Siroçevga nisbatan tergovga qadar tekşiruv harakatlari Toşkent harbiy prokuraturasi tomonidan ötkazilgan. Uning harakatlarida jinoyat alomatlari bölmagani sababli 16 noyabr kuni jinoyat işi qözğatiş rad etilib, unga nisbatan intizomiy javobgarlikka oid iş oçilgan. Toşkent harbiy okrugi qömondoni buyruği bilan qattiq hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, 6 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq şahar Mudofaa işlari bölimi boşliği bozorda ayol kişiga nisbatan noörin xatti-harakatni amalga oşirgani aytilayotgan video tarqalgandi.
Keyinroq Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Toşkent harbiy okrugi qömondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlarini boşlagani haqida xabar bergan edi.









