Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Kosonsoy tumani bölimi tomonidan tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazida ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv davomida markazning masʼul rahbarlari jami 348 million 931 ming sömlik moliyaviy kamçiliklarga yöl qöygani, şundan 273 million 600 ming söm mablağni maqsadsiz xarajat qilgani aniqlandi.
Tekşiruv davomida maʼlum bölişiça, markaz mutasaddilari tomonidan 2019 yil paxta mavsumida 53 kişini Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga paxta terimiga yuborilgani böyiça soxta tölov qaydnomalari bilan, ularning nomlaridan soxta imzolar qöyib, 48 million sömni özlaştirişgan.
Şuningdek, 2019-2020 yillarda tuman jamoat işlarida işlamagan 35 nafar fuqaroga 27 million 331 ming söm miqdorida iş haqlari hisoblab, byudjet mablağlarini talon-taroj qilişgani aniqlangan.
Öz vakolatini suisteʼmol qilgan tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazining mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi, 209-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: UzA









