Alişer Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi quradi

Alişer Usmonov Namanganda Xalqaro biznes markazi quradi

Milliarder Alişer Usmonov Namangan şahrida 6 gektar maydonda Xalqaro biznes markazi quradi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Usmonov tomonidan qurilişi rejalaştirilayotgan Xalqaro biznes markazi Namangan şahrining Amir Temur köçasidagi 6 gektar maydondagi sobiq “Kiçkintoylar boği” hududida quriladi.

Uşbu markaz Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-soğlomlaştiriş inşootlarini öz içiga oladi. Sunʼiy köllar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi. 

“Xalqaro biznes markazi qurilişi bahor oylaridan boşlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar ötkazilişi közda tutilgan. Şu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelişi jadallaşadi, biznes-turizm uçun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning öziga xos brendiga  aylanadi”, degan viloyat hokimi sobiq boğ hududiga borganida.

Şavkatjon Abdurazzaqov quriliş olib borilişi rejalaştirilgan hududda obodonlaştirişga eʼtibor qaratiş, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini közdan qoçirmaslik zarurligini taʼkidlagan. 

Xalqaro biznes markazi barpo etiladigan manzilda Qurʼon tilovat qilinib, jonliq söyilgan.

×