Kamerun fuqarolariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari yakuniga yetdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti maʼlum qildi.
Aniqlanişiça, ular Kamerun davlatida böla turib, jinoiy rejalarini amalga oşirişlari uçun Özbekistonda istiqomat qiluvçi bir neça fuqarolar bilan internet ijtimoiy tarmoqlari orqali muloqotga kirişib, özlarini “investor” sifatida taniştirişgan. Muloqot jarayonida özaro hamkorlikni taklif qilib, fuqarolarning iqtisodiy tomondan moliyaviy ahvolini bilib, sarmoya kiritiş imkoniyatiga ega şaxslarni saralab olişadi.
Kamerun fuqarolari Özbekiston Respublikasiga sayyoh sifatida kelib, internet tarmoği orqali yaqin muloqotga kirişib olgan fuqarolar bilan uçraşişgan. Uçraşuv vaqtida ularga Özbekistonga barçasi 100 AQŞ dollarlik kupyuralardan iborat katta miqdorda 2 milliondan 10 million AQŞ dollarigaça bölgan pul mablağlarini olib kelayotganliklarini aytişgan. Bundan taşqari, uşbu pullarni bojxona xizmatidan çetlab ötiş uçun qora va oq rangga böyaganliklarini, Özbekistonga kelgaç ularni yana valyutaga aylantiriş uçun haqiqiy valyuta kupyurasi va kimyoviy kukunlar zarurligini aytişgan.
Kamerunliklar 100 AQŞ dollaridan maxsus qoğozga kimyoviy aralaşmalar yordamida 300 AQŞ dollari tayyorlab berişi mumkinligini aytib, pullarni köpaytirib oliş imkoniyati borligini aytgan holda fuqarolarni qiziqtirib, aldov yöli bilan bir neçta fuqarolardan jami 340 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini aldov yöli bilan egallab, juda köp miqdorda mulkiy zarar yetkazişgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 2 oktyabrida IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Kamerun Respublikasining bir neça fuqarolariga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Ötkazilgan tergov harakatlari natijasiga köra, Kamerun fuqarolari firibgarlik jinoyatidan taşqari juda köp miqdorda qalbaki pullarni ötkaziş bilan ifodalangan ijtimoiy xavfli qilmişni sodir etganliklari aniqlangan.
Kamerunning uç nafar fuqarolari K.X., B.P. va T.S.larga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, yana bir fuqaro T.R.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari bilan va beşinçi fuqaro J.F.ga nisbatan esa 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, ularning barçasiga “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan va dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.
Hozirda jinoyat işi yuzasidan ayblov xulosasi tuzilib, tegişli sudlovlikda köriş uçun Özbekiston Respublikasi JPKning 381-moddasi tartibida Boş prokuraturaga yuborilgan.









