Koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlarni markazlaşgan holda davolaş, ularga tezkor va sifatli tibbiy xizmat körsatiş maqsadida Namangan şahridagi «Barkamol avlod» sport majmuasida ötgan yil taşkil etilgan va kasallaniş körsatkiçlari kamayişi bilan yopilgan davolaş va taqsimlaş markazi yana iş boşladi.
Bugun Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov ana şu markazga bordi. Bu haqida Namangan şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Masʼul idoralar vakillari bilan markazning uzluksiz va samarali faoliyat olib borişi uçun yaratilgan şaroitlar, galdagi vazifalar muhokama etildi.
Markazda hozirgi kunda bir vaqtning özida 400 nafar bemorni davolaşga möljallangan davolaş örinlari taşkil etilgan. Bundan taşqari reanimatsion holatdagi bemorlarni davolaşga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Viloyat rahbari vraç va hamşiralar uçun alohida şaroitlar yaratilişiga eʼtibor qaratilişini taʼkidladi.
– Bu yerda har har qanday holatda ham elektr energiyasi, içimlik suvi hamda kislorod uzilişi mumkin emas. Barça elektr generatorlari doimo şay turişi, kislorod zaxiralari avvaldan yetkazib berilişi şart! –viloyat hokimi barça masʼullarga tegişli körsatmalar berdi.
Şu paytgaça COVID-19 infektsiyasi aniqlangan bemorlar Namangan şahridagi yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanayotgan edi. Ammo bugungi kunda kasallikka çaliniş holatlari köpayayotgani sababli markazni qayta oçişga töğri keldi. Bu yerda viloyatimizning turli hududlaridan keltirilayotgan bemorlarni davolaş uçun barça zarur tibbiy jihozlar mavjud, dori vositalari zaxirasi yaratilgan. Hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda işlaşga jalb qilingan.

Köp taʼkidlanayotganidek, kasallik belgilari va asoratlari bir xil emas, özgarib turibdi. Ayni paytda koronavirus yuqtirgan bemorlarda asosan, holsizlik, böğimlar oğriği, diareya kuzatilmoqda. Ötgan yil bemorlarda dastlabki bosqiçda öpkada zararlaniş kuzatilgan bölsa, hozir kasallikning beş-oltinçi kunidan bu xavf yuzaga kelyapti.
Şu sababli aholidan karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilişlari hamda kasallikka qarşi emlaş jarayonlarida faol iştirok etişlarini söraymiz.
Salomatligimizni asraş özimizga boğliq – tibbiy niqob taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş, soğlom turmuş tarziga amal qilsak kasallik bizdan yiroq böladi.









