Namanganda bozor yaqinidagi avtomaşinadan buyum va pullarni öğirlagan qizlar qölga olindi

Namanganda bozor yaqinidagi avtomaşinadan buyum va pullarni öğirlagan qizlar qölga olindi

2020 yil 26 avgust kuni Namangan şahrida yaşovçi ayol içki işlar idoralariga öğirlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB matbuot xizmati maʼlum qildi.

Murojaatda keltirilişiça, şu kuni soat 06:45 atrofida Namangan şahridagi «Çorsu dehqon bozori»ga kiriş joyida turmuş örtoğining «VAZ-2106» rusumli maşinasi yukxonasida bölgan 2 million sömlik buyumlar hamda sumka içidagi 1,5 million söm pul nomaʼlum şaxslar tomonidan öğirlab ketilgan.

Viloyat IIB PPX va JTSB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv va suriştiruv harakatlari natijasida 27 avgust kuni uşbu jinoyatni Namangan şahrida yaşovçi 2001 va 2003 yillarda tuğilgan ikki nafar qiz sodir etganligi aniqlangan hamda ulardan daliliy aşyolar olingan.

Uşbu holat böyiça şahar IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatildi.

×