Lukaşenko özbekistonliklarga maslahat berdi

Lukaşenko özbekistonliklarga maslahat berdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus fuqarosi Aleksandr Lukaşenkoni mamlakatga taklif qildi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Lukaşenkoning qabulida bölganida maʼlum qilindi. 

Lukaşenko Norboyevaning Minskka taşrifi Belarus va Özbekiston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi nişonlanadigan yilda amalga oşirilayotganini taʼkidlagan. 

“Köp işlar qilindi, biroq xalqaro munosabatlarda buriliş pallasiga kirgan mana şu oğir davrda aloqalarni yanada yaxşilaş uçun imkoniyatlar bor”, degan Lukaşenko.

Uning sözlariga köra, Belarus munosabatlarni rivojlantirişga va har qanday texnologiyani baham körişga tayyor. Lukaşenko ikki davlatning samarali hamkorligi hamda xalqaro platformalar va mintaqaviy birlaşmalarda bir-birini qöllab-quvvatlab kelayotganini alohida taʼkidlab, Belarusning ŞHTga aʼzoligiga jadal kirişi masalasida körsatilayotgan yordam uçun minnatdorlik bildirgan. 

“Biz sizni doim qöllab-quvvatlaymiz, çunki sizning tinçliksevarlik, qöşnilar va boşqa davlatlar bilan döstona munosabatlar yölidagi yönalişingiz bizga ham xosdir ”, degan Aleksandr Lukaşenko.

Aleksandr Lukaşenko Özbekistonga şaxsiy munosabati haqida gapirar ekan, u uzoq vaqtdan beri mamlakat taraqqiyotini diqqat bilan kuzatib borişini aytib ötgan.

"Juda yaxşi Prezidentingiz bor. Uning yuziga aytaman: sizga bunçalik işonadigan odamlarni tuşkunlikka solmasligingiz kerak. U Özbekiston va özbeklar hayotini yaxşilamoqçi. Özbekistonning kelajagi – buyuk. Sizga maslahatim: Prezidentingizni iloji boriça uzoqroq saqlaşga harakat qiling. Unga işni bajarişi uçun vaqt kerak”, degan Lukaşenko.

Tanzila Norboyeva Özbekiston Prezidentining salomi va mamlakatga taşrif taklifini yetkazgan. Lukaşenko esa Özbekistonga bir neça bor taşrif buyurganini, yaqinda Şavkat Mirziyoyev bilan birgalikda respublikaning janubida bölganini aytgan. Şuningdek, u qişda Özbekistoning toğli hududlariga borişini xohlaşini bildirgan. Şundan anglaş mumkinki, Lukaşenko joriy yil oxiri yoki kelasi yil boşida Özbekistonga kelişi kutilmoqda.


×