Pandemiya qaysi mamlakatda birinçilardan bölib yakunlanişi mumkin?

Pandemiya qaysi mamlakatda birinçilardan bölib yakunlanişi mumkin?

Şvetsiya koronavirusga qarşi jamoaviy immunitet şakllangan birinçi mamlakat bölişi mumkin. Bunday fikrni şifokor-immunolog Vladislav Jemçugov bildirgan. 

"Menimça, Şvetsiya 60-70 foiz immunitet qatlamiga ega birinçi mamlakat böladi. Çunki u yerda hamma koronavirusga çalinib çiqadi", deya taʼkidlagan ekspert. 

U bu holatni Şvetsiyada koronavirusga qarşi qattiq çeklov çoralari yöqligi bilan izohlagan.

Şu bilan birga, Jemçugov bu usul faqat öz tibbiyotiga işongan va oğir bemorlarni saqlab qoliş uçun zarur resurslarga ega bölgan mamlakat uçun foydali bölişini tuşuntirgan.

Immunolog Şvetsiyadagi pandemiya şu bilan tugaydi deb hisoblaydi. Çunki u immunitet qatlami 70 foiz bölganda infektsiya tarqalişi töxtaydi, degan fikrni ilgari surmoqda. 

Maʼlumot uçun, Şvetsiyada koronavirusga çalinganlar 124 mingdan oşgan. 6 mingga yaqin bemor vafot etgan. 

Dunyo böylab koronavirus yuqtirib olganlar 45 milliondan oşgan. 1 milliondan köp bemor virus qurboni bölgan.

×