12 oktyabr kuni soat 15:18 da Norin tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining 101 qisqa raqamiga tumanning "Pastki Çöja" MFY Namangan köçasi 12-uyda yaşovçi fuqarodan yaşaş xonadonida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida maʼlumot kelib tuşdi.
Kelib çiqqan yonğin natijasida yaşaş uyidagi 2 dona gilam, 4 dona körpaça, qisman uy-rözğor buyumlari yonib zararlangan.
Zudlik bilan voqea joyiga Norin tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin-qutqaruv qismi şaxsiy tarkibi yetib borib, xavfni bartaraf etdi.
Şu kuni soat 18:45 da Namangan şahar "Taraqqiyot" MFY 13-berk Ğalça köçasi 6-uyda ham yonğin sodir bölgan.
Tezkorlik bilan voqea joyiga Namangan şahar Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin-qutqaruv qismi şaxsiy tarkibi yetib borib, olovni öçirgan.
Yonğin natijasida uyning şift va tom qismidan 25 kv.metr joyi yonib zararlangan.
Yonğin-qutqaruvçilari tomonidan uyning 160 kv.metr joyi saqlab qolindi.
13 oktyabr kuni soat 01:25 da Uyçi tumani "Sovku" MFY Sarbor köçasi 3-uyda ham yonğin sodir bölgan.
U yerga ham tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi yonğin-qutqaruv qismi şaxsiy tarkibi yetib borib, olovni öçirgan.
Yonğin natijasida uyning şift va tom qismidan 20 kv.metr joyi yonib zararlangan.
Tezkor harakat natijasida qutqaruvçilar tomonidan uyning 120 kv.metr joyi saqlab qolindi.
Viloyat hududida sodir bölgan yonğinlarda insonlarning halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmadi.
Hozirda uşbu sodir bölgan yonğinlar yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.









