Ikki kunda yana 6 kişi pnevmoniya qurboni böldi, pnevmoniyadan davolanayotganlar soni koronavirus bemorlaridan köp

Ikki kunda yana 6 kişi pnevmoniya qurboni böldi, pnevmoniyadan davolanayotganlar soni koronavirus bemorlaridan köp

Soğliqni saqlaş vazirligi 29 iyul kuni yana 546 nafar kişida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 9798taga yetgani haqida xabar berdi.

Sönggi bir kunda pnevmoniyaga çalinganlarning 249 nafari soğayib, umumiy soğayganlar soni 3275 nafarni taşkil qilmoqda. 

Şuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, SSV pnevmoniya böyiça alohida statistika yuritişni boşlagan 5 iyuldan buyon pnevmoniyadan vafot etganlar soni 66 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda pnevmoniyaga çalingan bemor sifatida röyxatga olinib, davolanişni davom ettirayotgan bemorlar soni 6457 nafar. Bu esa koronavirusga çalinib, şifoxonalarga yotqizilganlar sonidan köp - 5169 (aktiv keys - pnevmoniya va koronavirus bemorlari soni jami 11 626 nafarni taşkil qilmoqda). 

Quyidagi jadvalda pnevmoniya qayd etilişi va uşbu kasallikdan soğayiş körsatkiçlari viloyatlar kesimida keltirilgan.

Eng köp holatlar Toşkent şahri (sönggi ikki kunda 471ta yangi holat), Toşkent viloyati (+278) va Jizzax viloyatida (+89) qayd etilgan.

×