Avvalroq, Qozoğistonning Şimoliy-Qozoğiston viloyatidagi yettita tumanda yuqori patogenli parranda grippi tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Ötgan bir sutkada viloyat hududida 180 ming parranda şu virusdan halok böldi. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar bermoqda.
Hozirda parrandaçilik fremalari işçilari daromadsiz qolişi xavfi yuzaga kelgan.
“Yana 30-40 ming boş parranda ölişi kutilyapti. Ğozlar deyarli qolmadi. Bir neça kunda ön minglab parranda halok böldi. Biz kasallik tarqalmasligi uçun çuqur qazib, yoqib, çuqurni tuproq bilan yopib, ularni yöq qilişga urinyapmiz”, deyişgan Bişkul parrandaçilik fabrikasida.
Parranda grippi sababli Qişloq xöjaligi vazirligi Şimoliy-Qozoğiston viloyatiga borgan. Idoradagilar Kostanay, Şimoliy-Qozoğiston, Pavlodar va Oqmöla viloyatlarida emlaş ötkazişni vaʼda qilgan.
Mutaxassisning sözlariga köra, parranda grippi juda kam hollarda odamga ötadi.









