Şu yilning 23 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va şahar hokimlari hamda boşqa rahbarlar maktablarga borib, dars beriş tartibini joriy etiş topşirilgandi.



Namangan muhandislik-quriliş institutida menejment kafedrasida şahar hokimi Abdurazakov Şavkat Şokirjanoviç mustaqillik darsini 1 kurs talabalariga qiziqarli tarzda ötkazdi.
Sönggi vaqtlarda tanqidlar ostida qolgan ikki viloyat hokimi uşbu taşabbusni boşlab berişgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farğona hokimi Şuhrat Ğaniyev Farğona şahridagi 10-umumtaʼlim maktabida ötkazilgan tadbirlarda iştirok etib, öqituvçi va öquvçilarni yangi öquv yili bilan tabriklagan hamda mustaqillik darsini ötgan.

Şuningdek, Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev ham Koson tumanidagi 62-maktabda ötkazilgan tadbirda qatnaşib, öquvçilarni yangi öquv yili bilan tabrikladi va maktab taʼlimining inson hayoti davomidagi örni haqida ham öz keçinmalarini sözlab bergan.
Viloyat hokimi öquvçilarga mustaqillik darsi ham ötdi.









