Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda pandemiya şaroitida aholining tölov qobiliyati pasayişini hisobga olib, farzandi tölov-şartnoma asosida öqiydigan oilalarga yengillik yaratiş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida yangi öquv yilida amaldagi bazaviy tölov-kontrakt miqdori uçun 10 foiz çegirma berilişi haqida xabar bergan edik.
Mazkur taklif Özbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan maʼqullandi va barça davlat oliy taʼlim muassasalariga vazifa sifatida yuborildi.
Yangi 2020/2021 öquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida kunduzgi taʼlim şaklida tölov-kontrakt asosida tahsil oladigan barça talabalarga şartnoma şartlarini bajarişda amaldagi bazaviy tölov-kontrakt (stipendiyasiz qismidan) miqdoriga 10 foiz çegirma beriladi.
Vazirlik ota-onalardan kontrakt masalasida tuşunmovçiliklar yuzaga kelsa, aniq faktlarni körsatgan holda Telegram`dagi @otvmurojaat_bot boti orqali murojaat qilişni söragan.









