Notöğri «parkovka» uçun jarima miqdori kamaytirildi - Prezident qarori

Notöğri «parkovka» uçun jarima miqdori kamaytirildi - Prezident qarori

Prezident tomonidan keça, 29 aprel kuni imzolangan qonunga köra, transportda töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarini buzganlik uçun jarima miqdori BHMning 2 baravari (490 ming söm) etib belgilandi.

Avval bu miqdor BHMning 3 baravari (735 ming söm)ni taşkil qilar edi.

Şuningdek, takroran sodir etilgan uşbu qoidabuzarlik uçun oşirilgan miqdordagi jarima soliş tartibi bekor qilindi. Yaʼni ilgari bir marta jarima qöllangandan keyin 1 yil içida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming sömgaça jarima solinar edi.

Endi neça marta qoida buzilganidan qatʼi nazar bir xil - BHM 2 baravari (490 ming söm) miqdorida jarima solinadi.

Qonun matni “Xalq sözi” gazetasining bugungi sonida çop etildi va bugundan kuçga kiradi.

×