Özbekistonda foydali qazilmalarni qazib olganlik uçun maxsus renta soliği joriy etildi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda belgilangan.
Qonunga köra, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvçi va ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvçi, uglevodorod xomaşyosini qazib oluvçi yuridik şaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uçun maxsus renta soliğini tölovçilar hisoblanadi.
Mazkur soliq stavkasi soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi.
Mazkur soliq tölovçisi bölgan çet el investorlari soliq hisobini AQŞ dollarida yuritişi mumkin.
Soliq imtiyozlarini hisobga oliş axborot tizimlari orqali va maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oşiriladi.
Tamaki va alkogol mahsulotlariga nisbatan yangi soliq stavkalari belgilanadi.
Jumladan, filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kreteklar:
- import qilinganda – 360 000 söm/1000 dona + 10 foiz (ilgari 400 000 söm/1000 dona + 10 foiz edi);
- işlab çiqariladigan – 2022 yil 1 yanvardan: 185 000 söm/1000 dona + 10 foiz, 2022 yil 1 iyundan: 203 500 söm/1000 dona + 10 foiz (ilgari 2021 yil 1 oktyabrdan: 185 000 söm/1000 dona + 10 foiz edi).
Aroq, konyak va boşqa alkogol mahsulotlari uçun:
- import qilinganda 45 000 söm/1 litr uçun (ilgari 50 000 söm/1 litr uçun);
- işlab çiqarilganda (1 dal tayyor mahsulot uçun) 2022 yil 1 yanvardan 125 100 söm, 2022 yil 1 iyundan 138 000 söm (ilgari 2021 yil 1 oktyabrdan 125 100 söm).
Mobil aloqa xizmatlari va şakar uçun aktsiz soliği özgartirişsiz qoldirildi (15 va 20 foiz).
Soliq imtiyozlarida quyidagilar soliqqa tortilmasligi belgilandi:
- soliq tölovçining professional va oliy taʼlim muassasalarida öqiş uçun banklardan olingan taʼlim kreditlariga yönaltirilgan daromadlari, iş haqi;
- talabalarga ijaraga berilgan uy-joylardan olingan daromad;
soliq tölovçining quyidagilarni tölaş uçun yönaltiriladigan, BHMning 8 baravarigaça bölgan iş haqi summalari va boşqa daromadlari:
- xalqaro taşkilotlarga aʼzolik badallari;
- qayta tayyorlaş va malaka oşiriş uçun nodavlat taʼlim taşkilotlariga tölovlar.
- Yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2 foizdan 1,5 foizga, qurilişi normativ muddatda tugallanmagan obʼektlarga nisbatan 4 foizdan 3 foizga kamaytirildi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar mulkida bölgan mol-mulk soliq solişdan ozod etiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bölgan davrda umumiy ovqatlaniş korxonalari yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini va yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni tölaşdan ozod etiladi.
Respublika tumanlarida (bundan Toşkent şahri mustasno) faoliyatni amalga oşiruvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar BHMning 50 foizi miqdorida qöllaniladi.









