Özbekistonda yer va suvdan foydalanganlik uçun soliq miqdorlari oşirilişi közda tutilyapti. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi maʼlum qildi.
Aytilişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilingan.
Loyihada köçmas mulk joylaşgan joyidan kelib çiqib bir kvadrat metr uçun minimal qiymat joriy etiş bilan birga yuridik şaxslarning mol-mulk soliği stavkalarini pasaytiriş, polietilen granulalariga aktsiz soliği stavkasini 20 dan 10 foizgaça pasaytirgan holda, uşbu stavkani uning importiga ham joriy etiş belgilangan.
Yer soliği, suv resurslaridan foydalanganlik uçun esa soliq va aktsiz soliği stavkalari örtaça 10 foizga indeksatsiya qiliş (oşiriş) nazarda tutilgan. Bunda qişloq xöjaligi yerlarini suğoriş uçun foydalanilgan suv hajmi qismi va baliqlarni östiriş (yetiştiriş), şu jumladan, dehqon xöjaliklari uçun belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari 2021 yil darajasida (1 kub metr uçun 40 söm) saqlab qolinadi.
Şu bilan birga, loyihada soliq soliş bilan boğliq bölgan obʼektlar hisobini taşkil etiş, xususan, soliq imtiyozlari hisobi böyiça yagona avtomatlaştirilgan tizimni yaratiş, soliq tölovçining hisob maʼlumotlaridagi özgarişlarni şaxsiy kabinet orqali tasdiqlaş masalasi ham aks etgan.
Şuningdek, kodeksning 337 va 452-moddalariga 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab tsement (klinker) işlab çiqarişni amalga oşiruvçi korxonalarga belgilangan 20 foizlik foyda soliği stavkasini 15 foizga pasaytiriş, 2022 yil 1 yanvardan boşlab esa tsement işlab çiqarişga möljallangan 1 tonna ohaktoş uçun yer qaʼridan foydalanganlik uçun soliq stavkasini ikki baravarga kamaytiriş taklif qilinmoqda.









