41 mln sömlik «uzumni yeb», pulini bermagan şaxsga nisbatan iş oçildi

41 mln sömlik «uzumni yeb», pulini bermagan şaxsga nisbatan iş oçildi

4 avgust kuni Farğona viloyati, Oltiariq tumanida fuqaro Yu.M. tanişi X.Q.ning işonçiga kirib narxi 41.000.000 sömlik uzum mevalarini olgan. Söng bir kun muddatda uzum pullarni olib kelib berişini aytib, bergan vaʼdasini bajarmasdan uzum mevalarini boşqa şaxsga sotib yuborib, pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Viloyat IIB maʼlumotiga köra, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida körsatilgan jinoyatni sodir etgan şaxs beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

×