Namangan şahrida yaşovçi fuqaro öziga tegişli Tiko rusumli avtomaşinani 21:00 larda yaşaş uyi oldiga qöyib, qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum şaxs olib ketganligini maʼlum qiladi
2022 yil 9 mart kuni soat 07:51 larda, Namangan şahrida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan fuqaro viloyat IIB 102-tizimi operatoriga qönğiroq qilib, şu yil 8 mart kuni soat 21:00 larda, işonç qoğozi bilan boşqaruvida bölgan Tiko rusumli avtomaşinani yaşaş uyi oldiga qöyib, qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum şaxs avtomaşinasini olib ketganligini maʼlum qilib, çora körişni söragan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat hududida “Tösib uşlaş” maxsus rejasi harakatga keltirilib, olib borilgan tezkor-qidiruv va suriştiruv harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni jiyani, Namangan şahrida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan fuqaro sodir etib, avtomaşinani Namangan şahrida yaşovçi, 1958 yilda tuğilgan buvisini yaşaş uyi hovlisiga olib borib qöyganligi aniqlanib, avtomaşina jarima maydoniga tortilgan.
Uşbu holat böyiça Namangan şahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 mart kuni Öz.R JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









