Xorazmda 22 yoşli ayolning surat va videolarini internetga tarqatiş bilan qörqitib, pul talab qilgan 30 yoşli erkak qölga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, 30 yoşli Ş.R. tanişi 22 yoşli M.Q.ning şaxsiy hayotiga oid maʼlumotlarni, fotosurat hamda videolarini oşkor qiliş bilan qörqitib, maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga 15 million 860 ming söm pul talab qilgan.
Bu pullarni 24 iyun kuni soat 19:00 da ayolning onasi M.A.dan olayotganida Xorazm viloyati IIB hamda Boş prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbir jarayonida aşyoviy dalillar bilan voqea joyida qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Ş.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Biroq 27 iyun kuni Ş.R. M.Q.dan takroran pul olganligi aniqlanganligi sababli u Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamaçilik) bandi bilan gumon qilinib, protsessual tartibda uşlangan.
Dastlabki tergov jarayonida Ş.R. ayblanuvçi tariqasida işda jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.











