Namanganda fuqaroni 1,6 mlrd sömga aldab ketgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Namanganda fuqaroni 1,6 mlrd sömga aldab ketgan şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi  4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

2018 yilning sentyabr oyida 50 yoşli M.U. Namangan şahrida yaşovçi 25 yoşli F.N.ga Namangan şahrida tibbiyot diagnostika markazi oçiş niyati borligini, buning uçun F.N.ga tegişli bölgan Ğirvonsoy köçasida joylaşgan 4 qavatli qurilişi tugallanmagan binoni sotib olmoqçi ekanligini, pullarni bankdan kredit oliş yöli bilan tölaşini hamda şu bino yertölasida dorixona oçib, dori-darmon sotiş bilan şuğullaniş uçun F.N.ning öziga berişini aytgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, M.U. binoni 2,5 mlrd. sömga sotib olişga kelişib, F,N.ning işonçiga kirib, uni aldab, bankdan tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib, kredit uçun ajratilgan 2 mlrd. 500 mln., söm pullarni bankda fuqaro F.N.ning nomiga oçilgan plastik kartoçkasi hisobiga tuşirişga erişib, uşbu kartadan 900 mln. söm pullarni naqdlaştirib, F.N.ga bergan.

Qayd etilişiça, M.U. qolgan 1,6 mlrd. söm pul mablağlarini naqdlaştirib, özining şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.   

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.U.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi  4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, M.U. jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

×