Keça, 10 sentyabr kuni Özbekistonda 749 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Afsuski, uşbu holat joriy yil 3 avgust kuni koronavirus qayd etilgan 748 nafarlik körsatkiçdan oşdi.
Şu bilan birga, Toşkent viloyatida 4 nafar, Toşkent şahrida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qaşqadaryo hamda Andijon viloyatlarida jami 343 nafar bemor soğaydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 45 679 nafar bemordan 42 555 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 93 foizni taşkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 751 nafar bemordan 439 nafari oğir, 219 nafari esa öta oğir ahvolda.









