Aktrisa Muqaddas Xoliqova koronavirusga çalindi

Aktrisa Muqaddas Xoliqova koronavirusga çalindi

Özbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Muqaddas Xoliqova koronavirusga çalindi.

60 yaşar aktrisa ayni vaqtda Toşkent viloyati Zangiota tumanida qad rostlagan yangi şifoxonada davolanmoqda. U uşbu şifoxonaga joriy yilning 9 iyul kuni keltirilgan.

"Allohga şukur, ahvolim yaxşi. Abduraim Abduvahobovning vafot etganini mendan yaşirişgan ekan. Hozir eşitdim. Safimiz kamayib bormoqda. Juda yaxşi aktyor, mehribon hamkasb, qadrdon ukam edi. 

Bir haftadan oşdi, yangi şifoxonada davolanyapman. Avval yurak xurujini boşdan keçirgansiz deb olib kelişdi. Holatim yomon emas. Uşbu şifoxonaning Boş vraçidan tortib, barça xodimlariga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Hayotlarini xavfga qöyib, bemorlar salomatligi, hayoti uçun kuraşmoqdalar", deydi aktrisa.

Maʼlumot örnida, 1960 yilda tuğilgan Muqaddas Xoliqova 2017 yilning yanvar oyida yurak xurujini boşdan keçirgan edi. 

U teatr sahnasida 80 ortiq rol ijro etgan. "Otello", "Çimildiq", "Qalliq öyin", "Oltin devor", "Kelinlar qözğaloni", "Neksiya", "Andişali kelinçak", "Köngil" kabi spektakllar şular jumlasidandir. 

Aktrisa "Sevginator-2", "Qirq toğoraning qirq noğorasi", "Köngil köçalari", "Zurriyod" kabi filmlarda esdaqolarli rollar yaratgan.

×