«Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumçisi Muhammad Saloh koronavirusni yuqtirib oldi, deya xabar berdi Misr futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Milliy terma jamoa ixtiyorida ötkazilgan test natijalariga köra futbolçida koronavirus aniqlangan. Kasallik 28 yoşli öyinçida alomatsiz keçmoqda.
Ayni paytda «Liverpul»da jarohati tufayli himoyaçilar Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk va Jo Gomes öyinga tuşmayapti.
Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» şarafini himoya qilmoqda. Jamoa tarkibida u Angliya çempioni, Çempionlar Ligasi va Klublar örtasida jahon çempionati ğolibi va UYEFA superkubogi sohibiga aylandi.
Joriy mavsumda misrlik hujumçi 13 ta öyinda 10 ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oşirdi.









