Keça, 25 iyun kuni Özbekistonda 276 holatda kasallik aniqlanib, rekord körsatkiç qayd etildi. Aholi orasida Toşkent şahrida 17 nafar, Toşkent viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida 2 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafarni taşkil etdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga köra, Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumanida yaşovçi Z.X.da, Qibray tumanida yaşovçi 2 nafar fuqaroda (har ikki holatda ham tana harorati kötarilganligi sababli namuna topşirgan), Parkent tumanida yaşovçi Ş.A.da ham kasallik aniqlangan.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining xabar berişiça, Jizzaxdagi tuğilgan kun marosimi ham koronavirus tarqalişiga sabab bölgan.
“Jizzax viloyati Şarof Raşidov va Jizzax tumanlarida yaşovçi 2 nafar fuqaroda (Şarof Raşidov tumaniga tuğilgan kun nişonlaşga borişgan, şundan söng tana harorati kötarilganligi sababli namuna topşirgan), Andijon viloyati Baliqçi tumanida yaşovçi S.A.da (Rossiya harbiy kosmonavtlar akademiyasi talabasi. Şu yilning 12 may kuni Sankt-Peterburg şahridan çarter reys bilan kelgan va 27 mayda karantin muassasasidan çiqqan) koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan”, deyiladi xabarda.









