Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish maqsadida tumanlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi joriy yil 20 iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi

«Norin - Haqqulobod» irrigatsiya tizimi boshqarmasining uchastka shiyponida o‘tkazilgan qabulda sektor rahbarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda tuman mutasaddilari qatnashdilar.

Sayyor qabulda kelib tushgan 98 ta murojaatning (uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank masalalari, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaliklari va boshqa masalalarga oid) 57 tasi joyida ijobiy hal etildi. 6 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 35 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 2 nafar fuqaroga imtiyozli davolanish uchun order berildi.
Bundan tashqari, davlat xizmatlari markazi tomonidan 30 sayyor xizmat ko‘rsatildi.
Sayyor qabul doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda 45 ta tashkilot 180 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etib, qator fuqarolar doimiy ishga joylandi, jamoatchilik asosida haq to‘lanadigan ishlarga yo‘llanma berildi.




Тасодифий хабарлар
Наманганда газ портлаши оқибатида 2 киши куйди
Наманганда фирма ҳажга юбораман деб фуқароларни чув туширди
Хотира кунида қабристонни зиёрат қилишга рухсат бериладими? Мутахассис аниқлик киритди
Гўшт 40 000 сўмдан 75 000 сўмгача. Бозорлардаги нарх-наво қандай?
Namanganda “Pop savdo markazi”ni qurgan tadbirkorga “tosh otilmoqda”