Namangan shahri hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiya Pokistonga keldi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Delegatsiya tarkibidan shahar hokimligi, ishbilarmon doiralar va Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari o‘rin olgan.
O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi Furqat Siddiqovning taklifiga binoan amalga oshirilayotgan safar davomida delegatsiya Panjob viloyatining Lahor va Faysalobod shaharlarida bo‘ladi. Ular bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, Namanganning eksport salohiyatini targ‘ib qilish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar ishlab chiqish, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek safar davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Faysaloboddagi Pokiston milliy yengil sanoat universiteti bilan hamkorlik kelishuvi imzolanishi rejalashtirilgan. Institutda kelgusida Pokiston bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlarini jahon standartlari darajasida sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash laboratoriyasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Panjob viloyatiga safarning birinchi kunida O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Panjob viloyatida 110 million kishi yoki Pokiston aholisining yarmidan ortig‘i istiqomat qiladi.
Тасодифий хабарлар
Farg‘ona shahrida ko‘p tarmoqli sport majmuasi foydalanishga topshirildi
Zarafshonda «GAI» bekor qilingan qoida uchun jarima undirishda davom etmoqda
Карантин пайти яширин сабоқ олган 23 нафар ўқувчи коронавирусга тест топширди ва уй карантинига олинди
Отабек Умаров: «Автоулов «тонировка»си хавфсизлик масалаларини ҳал қилишда ва таъминлашда бизга тўсиқ бўлолмайди. Ушбу масала кўриб чиқилмоқда»
“Олтин тўп” учун асосий даъвогарлар рейтинги янгиланди