Hindiston shimolida joylashgan Uttar-Pradesh shtatida yashin urishi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi va 13 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Halok bo‘lganlarning besh nafari Kanpur shahridan, yana besh nafari esa shtat janubidagi Jxansi shahridan. Shuningdek, tabiiy ofat qurbonlari orasida Xamirpur, Gazipur, Janpur hamda Pratapgarx shahri aholisi ham bor.
Uttar-Pradesh shtati bosh vaziri Yogi Adityanatx halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildirib, ularga 5,8 ming dollardan tovon puli to‘lash bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek u amaldorlarga jarohat olganlarning davolanishini ta’minlash bo‘yicha ham ko‘rsatma bergan.
Тасодифий хабарлар
Октябрь ойи учун пенсия ва нафақа тўловлари нақд пул шаклида берилади
АҚШ Ўзбекистон таълим тизимига янгилик олиб кирмоқда
1 ноябрдан Тошкент метрополитенида жетонлардан фойдаланиш тўхтатилади
"Қора дафтар": "Толибон" ўлимга ҳукм қилинадиганлар рўйхатини тузмоқда
Табиий газ ва электр энергияси нархи оширилмайди