16-oktabr, chorshanba kuni Saudiya Arabistonida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida 36 nafar ziyoratchi halok bo‘lgan. Bu haqda Arab News xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, hodisa Makka va Madina yo‘lidagi trassada sodir bo‘lgan. Ziyoratchilarni olib ketayotgan transport vositasida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv natijasida ichida 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqqan. Hodisa Madinadan 170 km uzoqlikda, Al-Axal qishlog‘i yaqinida, mahalliy vaqt bilan soat 19:00 atrofida yuz bergan.
Politsiya YTH oqibatida 35 nafar odam halok bo‘lganini, mahalliy OAV esa 36 nafar ziyoratchi qurbon bo‘lganini xabar qilmoqda. Jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Тасодифий хабарлар
"Таслим бўлиш вақти келди". Украина чидаб бўлмас кучга дуч келди
Ўзбекистоннинг фахрий журналисти қариялар уйида вафот этди
Ўзекистонда 1 млрд сўмлик синтетик наркотик сақлаган “закладчик” ушланди
“DOK-1 MАKS” фожиаси бўйича бир қанча мансабдорлар қамоққа олинган
Қўқонда “Ҳизб ут-Таҳрир” аъзоси ушланди