Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafoti haqidagi xabarlardan keyin “Daryo” nashri Toshkentdagi Turkmaniston elchixonasi bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdi, ammo rasmiy telefon raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermayapti.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida “Govorit Moskva” Yevrosiyo muammolari monitoring markazi direktori Aslan Rubayevga tayanib xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidentining o‘limi haqida Ashxobodda ishlaydigan biznesmenlar ma’lum qilgan.
Keyinroq Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning vafoti haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi.
Ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy Ashxobod izoh berganicha yo‘q.
Тасодифий хабарлар
Ўзбекистонда “Барселона” академияси очилиши мумкин
АҚШ олимлари коронавирусни тўлиқ блоклаб, организмни ундан 4 кунда халос этувчи антитанани аниқладилар
«Навбаҳор»нинг 5 ойлик мағлубиятсиз серияси якунланди
2020 йилда ЙТҲларда қанча одам вафот этгани маълум қилинди
Дам олиш кунлари қаттиқ иссиқ бўлади