Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi o‘zbekistonliklarga faqat “qizil pasport” bilan DV Lottery dasturida qatnashishni tavsiya qildi. Elchixona vakillarining so‘zlariga ko‘ra, OVIR-stikerli “yashil pasport”larning amal qilish muddati keyingi bosqich suhbatlarida kuchini yo‘qotishi mumkin.
Togri.uz – 26-sentabr kuni AQSh elchixonasining Konsullik bo‘limi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Electronic Diversity Visa Lottery bilan bog‘liq asosiy ma’lumotlarni eslatib o‘tdi.
100ga yaqin o‘zbekistonliklar qatnashgan uchrashuvda elchixona vakillari grin-karta uchun ariza to‘ldirishda nimalarga e’tibor qaratish zarurligini, fuqaro qay bir pasport ma’lumotlarini joylashtirishi bo‘yicha tavsiyalar berdi:
“AQShda ko‘pyillik yashash huquqini beruvchi DV Lottery dasturi uchun o‘zbekistonliklar “qizil” – ya’ni xorijga chiqish pasporti ma’lumotlarini kiritishini tavsiya qilamiz.
Fuqarolik (yashil) pasportingizdagi OVIR-stikeri muddati, lotereyada omadingiz chopgan taqdirda, suhbatga chaqirilganingizda tugagan bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bu yil grin-karta o‘yinida qatnashsangiz, ijobiy natijalar bo‘yicha suhbat ikki yildan keyin bo‘lishini ham hisobga olish kerak.
Mabodo “yashil” pasportingiz ma’lumotlari asosida to‘ldirib, lotereyani yutsangiz, suhbatda har bir o‘zgarishni, ma’lumotlardagi farqlarni aniq izohlar bilan tushuntirib berishingiz kerak bo‘ladi”.
AQSh Davlat Departamentining Konsullik byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda 4494 o‘zbekistonlik grin-karta yutib olgan. Bu ko‘rsatkich Sobiq ittifoq davlatlari orasida Rossiyadan (4500 nafar) keyingi ikkinchi natijadir.
Тасодифий хабарлар
Россиянинг учта вилоятида аксилтеррор операцияси режими жорий қилинди
Қозоғистонда бир кунда 180 минг товуқ парранда гриппидан нобуд бўлди
Россия Қуролли Кучлари Украинанинг Херсон шаҳрини тўлиқ эгаллаб олди
Самарқандда эркак қўшнисининг оиласини ўлдириб, уйини ёқиб юбориш учун қотил ёллади
Наманганда ҳайдовчи ухлаб қолганлиги унинг ўлимига сабаб бўлди