Moskvada Ingushetiya IIV ekstremizmga qarshi kurash markazi boshlig‘i Ibrohim Eljarkiyev otib o‘ldirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

U bilan birga Moskvadagi kasalxonalardan birida neyrojarroh bo‘lib ishlaydigan ukasi Ahmad Eljarkiyev ham otib tashlangan. Jinoyatchilar aka-ukaga kamida 10 marotaba o‘q uzgani va shundan so‘ng yashiringani bildirilmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, “E” markazi boshlig‘iga oldinroq ham suiqasd uyushtirilgan.
“Izvestiya” nashri manbalariga ko‘ra, qotillik Ibrohim Eljarkiyevning Ingushetiyadagi radikal sekta vakillari bilan kelishmovchiliklariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan “Ikki va undan ortiq kishining o‘ldirilishi” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Тасодифий хабарлар
Қонун ижодкорлари ҳали ҳам «ухлаб» ўтирибди. Шавкат Мирзиёевнинг Сенат ялпи мажлисидаги нутқи (тўлиқ матн+видео)
“... лекин айнан журналистлар, блогерлар кўпчиликни қийнаётган жиддий муаммолар ҳақида бизни огоҳлантиряпти” Президент журналист ва блогерлар ҳақида
Машина ойналарини қорайтириш нархи арзонлашадими? Қарорлар халқ учунми ёки аксинча?..
Namanganliklar.uz веб сайти ремонтда!
Беш турдаги маҳсулотлар импорт божидан озод этилди