Surxondaryodagi maktabda rafiqasi bilan janjallashgan erkak, xotini va ularni ajratmoqchi bo‘lgan direktorga pichoq urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 5-oktabr kuni soat 08:30 larda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanidagi 23-maktabda 37 yoshli B.Y. turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan. So‘ng ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktorining ham tanasining turli qismlariga uch marotaba pichoq bilan urib, qasddan o‘ldirishga harakat qilgan.
Holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi 1-qismi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Тасодифий хабарлар
Оч ғазоликлар озуқа илинжида БМТ омборига бостириб кирди
Toshkent viloyatining Uchtepa tumanidagi Jurjongon mahallasida "Hunarmandlar shahri" paydo bo'ladi
Наманганда ариқда чўмилмасликни айтган 50 ёшли эркакни урган йигитга жиноят иши очилди
ОАВ: Юлдуз Усмонова ТВда "запрет"га учради
Қирғизистонда собиқ судьялар ва прокурор серияли қотилнинг жазосини енгиллаштиргани учун ҳибсга олинди